Butun duny Turkiyaning tobora islomiylashib ketayotganidan xavotirda. Shunday ekan nafaqat iqtisodda baki turizm va viza rejimi sojasida ham “Biz ma’lum choralar ko‘rishga majburmiz”, — dedi prezident.
“Biz Turkiyada jangarilar borligini sezayapmiz, ko‘rayapmiz. Ular orasida Shimoliy Kavkazda jang qilganlar ham bor. Turkiya hokimiyatiga bir necha bor aytishimizga qaramasdan (Rossiyaning ashaddiy dushmani bo‘lgan) Kavkazlik jangarilar Turkiya hududida bemalol yashamoqda, davolanishmoqda. Ularni hatto qo‘riqlashmoqda. Keyin bo‘lsa, Turkiya pasporti bilan, vizasiz rejimdan foydalanib, Rossiya hududiga kirib kelishmoqda. Biz keyin ularni Kavkazda yoki katta shaharlarimizda tutishimizga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun albatta Turkiya bilan viza rejimi kiritamiz va milliy xavfsizligimizni ta’minlash uchun yana bir necha ishlar qilamiz”, — dedi Putin.