TOShKENT, 17 dek – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirokidagi katta matbuot-anjumani 3 soatu 10 daqiqa davom etdi. Bu vaqt oralig‘ida davlat rahbari 47ta savolga javob berishga ulgurdi.
O‘tkazilgan katta matbuot-anjumani davomida 32 nafar jurnalist prezidentga o‘z savollari bilan murojaat qildi. Shundan 27 nafari rossiyalik, 5 nafari chet ellik jurnalistlar bo‘ldi.
Putin matbuot-anjumanidan so‘ng o‘zi tomon yugurib kelgan muxbirlarning ham bir nechta savollariga javob berdi. Jumladan, Donald Tramp va 2018-JCh bilan bog‘liq savollardan tashqari, undan o‘z qiyofadoshini tanish-tanimasligi so‘raldi. “U menga nima uchun kerak?”, — ajablandi prezident. O‘shanda muxbirlar prezidentga qiyofadoshining fotosuratini ko‘rsatishdi. Putin, tabassum qilgancha, bir so‘z aytmay, nari ketdi.
Vladimir Putin katta matbuot-anjumanini 2001-yildan buyon o‘tkazib keladi. O‘tgan yilgi anjuman 3 soatu 10 daqiqa davom etgan. Bu vaqt ichida Putin jurnalistlar tomonidan berilgan 53 ta savolga javob qaytargan.