Milla moda olamiga 11 yoshida kirib kelgan. Taniqli amerikalik fotosuratchi — Richard Avedon nazariga tushgan qizaloq 12 yoshidayoq Vogue, Cosmopolitan singari mashhur jurnallarning “yuzi”ga aylandi. 2004-yilda Yovovich dunyoning eng ko‘p haq to‘lanadigan modeli maqomini oldi.
Milla Chanel, Versace, Emporio Armani, Donna Karen, DKNY, Celine, P&K, H&H va L'Oreal reklama-kampaniyalarida ishtirok etgan. Jorjio Armanining Night, Kelvin Klyaynning Obsession, Kristian Diorning Poison iforlari “yuzi” bo‘lgan.
Rejissor Lyuk Bessonning “Beshinchi element” kartinasidagi Lilu roli Milla uchun kino olamiga eshik ochib berdi.
Rejissor Pol Anderson bilan bo‘lgan ijodiy ittifoq, sekin muhabbatga aylanib, 2007-yil juftlik oilasida to‘ng‘ich qiz farzand — Ever Gabo dunyoga keldi. Milla va Pol o‘z nikohlarini 2009-yilda rasmiylashtirdilar. 2015-yilda oilada yana bir qizaloq — Dashiel Iden tug‘ildi.
Milla Yovovich shuningdek, qo‘shiqchilik faoliyati bilan ham shug‘ullanadi. Uning eng so‘nggi Electric Sky singli 2012-yilda yozilgan.