Qo‘shiq kuylashga uyaladigan karaoke ixtirochisi

Obuna bo‘lish
“Bag‘rikenglikning yangicha usulini kashf qilgani uchun” yaponiyalik ixtirochiga “Shnobel mukofoti” topshirilgan.

MOSKVA, 17 dek — Sputnik. Karaoke ixtirochisi Daysuke Inoue rus rejissori Jora Krijovnik tomonidan suratga olingan “Eng yaxshi kun” ("Samiy luchshiy den") karaoke-komediyasi premyerasiga taklif qilindi, RIA-Novosti.
75 yashar yaponiyalik Moskvaga ilk marotaba tashrif buyurdi. "Rus milliy qo‘shiqlaridan faqat "Katusha"ni bilaman. Yaponiyadagi karaoke-klublarda shu qo‘shiqqa buyurtma berish mumkin. Lekin o‘zim karaokeda kuylamayman. Ovozimdan uyalaman”, —dedi Inoue film premyerasidan so‘ng jurnalistlarga bergan intervyusida.
Asli kasbi barabanchi bo‘lgan Daysuke Inoue so‘zsiz musiqani aks ettiruvchi moslamani 1971-yilda ixtiro qilgan.
Inoue "karaoke" so‘zini: yaponcha "kara" — bo‘shliq va inglizcha "orchestra" — orkestr so‘zlarini umumlashtirish orqali hosil qilgan.
Ixtirochi kashfiyoti qisqa fursatda butun dunyoda ommalashib ketadi. Ammo o‘z apparatni patentlashtirishga shoshilmagani uchun ixtirochi nomi keng ommaga noma’lumligicha qolaveradi. Faqat 1990 yy OAVlarda uning nomi tilga olina boshlaydi. 2004-yil yaponiyalik ixtirochi “Odamlar o‘rtasida bag‘rikenglikning yangicha usulini kashf qilgani uchun” “Shnobel mukofoti” bilan taqdirlangan. Inoue tarjimai holi asosida 2005-yil Yaponiyada "Karaoke" filmi suratga olingan.

Yangiliklar lentasi
0