TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. XVF (Xalqaro valyuta fondi) Direktorlar kengashi, Ukrainaning Rossiyadan 3 milliard qarzini suveren qarz deb tan oldi, RIA Novosti XVF vakili xabariga asosan.
“XVF Direktorlar kengashi Ukrainaning Rossiyadan qarzini suveren qarz deb tan oldi, tijorat qarzi emas”, — dedi agentlik vakili.
XVF Direktorlar kengashi, 4 dekabr kuni Ukraina qarzini toʻlay olmagan taqdirda ham, unga moliyaviy yordam koʻrsatish dasturini davom ettirishini tasdiqladi. Ikkinchi navbatda, suveren qarzi toʻlovini tijorat qarzi toʻlovlaridan ustunligini belgiladi.
3 milliard dollar qiymatga ega boʻlgan Ukraina yevrobondlari toʻlov muddati 20 dekabr kuni tugaydi.
Turkiyada boʻlib oʻtgan G20 sammitida, Rossiya Ukraina qarzni, AQSH,Yevropa yoki yirik xalqaro fond kafolati asosida, 3 yil davomida boʻlib – boʻlib toʻlash haqida taklif kiritgandi.
Rossiya moliya vaziri Anton Siluanovning soʻzlariga qaraganda, Ukrainaning gʻarbiy hamkorlari bunday kafolat berishdan bosh tortishdi. Shundan keyin. Rossiya prezidenti Vladimir Putin vazirlar mahkamasiga, Ukraina qarzini oʻz vaqtida toʻlamagan holda, uni sudga berishni tayinladi.