Anqara Su-24 uchun tovon to‘lashdan bosh tortdi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishRossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyoti.
Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyoti. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya TIV matbuot-kotibi Tanju Bilgichning aytishicha, Rossiya Turkiya havo chegarasini takror buzmaslikka kafolat berishi lozim.

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Turkiya Rossiyaning Su-24 samolyoti uchun tovon pulini to‘lamoqchi emas, ta’kidlamoqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot-kotibi Tanju Bilgich.

Bundan sal oldin Rossiya TIV o‘rinbosari Aleksey Meshkov Turkiya hukumati urib tushirilgan Su-24 samolyoti uchun tovon puli to‘lab, bu kabi hodisa boshqa takrorlanmasligiga kafolat bersa, maqsadga muvofiq bo‘lishini ta’kidlagan edi.

"Rossiyaning urib tushirilgan samolyot uchun tovon puli so‘rashi talabini bajarishning iloji yo‘q", — Bilgichning so‘zlaridan iqtibos keltiradi CNN Turk telekanali.

Bilgich, shuningdek,  Rossiya Turkiya havo chegarasini takror buzmaslikka kafolat berishi lozimligi haqida gapirdi.

24 noyabr kuni turk qiruvchi raketasi tomonidan Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyoti urib tushirilishi, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar “sovushiga” olib keldi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu mojaroni terrorchilar sheriklari tomonidan “zimdan berilgan zarba” deya baholadi va Turkiyaga qarshi bir qator iqtisodiy choralar qo‘llash haqida farmon e’lon qildi.

 

Yangiliklar lentasi
0