Rossiyadan O‘rta Osiyoga pul o‘tkazmalari 2,5 baravarga kamaydi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka o‘tishAQSh dollari
AQSh dollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu yilning uchinchi kvartalida O‘zbekistonlik migrantlar 725 million dollar o‘tkazishdi. Har bir o‘tkazmaning o‘rtacha qiymati 482 dollarni tashkil qildi.

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Ushbu yilning uchinchi kvartalida Rossiyadan O‘rta Osiyoga pul o‘tkazmalari 2,5 baravarga kamaydi, Rossiya Markaziy banki xabariga asosan.

Yilning uchinchi kvartalida, O‘zbekistonlik migrantlar 725 million dollar o‘tkazishdi. Har bir o‘tkazmaning o‘rtacha qiymati 482 dollarni tashkil qildi. Yil boshidan buyon O‘zbekistonlik migrantlar Rossiyadan o‘z yurtlariga 1,874 mlrd., dollar mablag‘ o‘tkazishdi.

Ushbu ko‘rsatkich 2014-yilga qaraganda 2,8 baravarga kam. Kamayishning sababi mehnat migrantlari soni kamayish va rubl kursining tushib ketishi deyilmoqda.

Rossiya Federal Migratsiya xizmati xabariga ko‘ra, hozirgi kunda Rossiyada 1,8 million O‘zbekistonlik migrantlar ishlamoqda.

Yangiliklar lentasi
0