O‘lim sabablari telefon yordamida aniqlanadi

Obuna bo‘lish
Avstraliyalik tibbiyot xodimlari kishi vafoti vaqti va sababini to‘g‘ri aniqlaydigan dasturni yaratdilar.

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Avstraliyalik tibbiyotchilar inson vafotining vaqti va sababini to‘g‘ri aniqlaydigan dasturni yaratdilar. Dastur uyali aloqa vositalari uchun mo‘ljallangan. Kashfiyot Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotiga insonlar nima sababdan va qay tarzda dunyodan ko‘z yumishini kuzatish imkonini beradi, xabar qiladi RIA Novosti BMC Medicine jurnalida chop etilgan maqola asosida.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti statistik ma’lumotlariga ko‘ra, Yer yuzida har uch kishidan ikkisining o‘limi sabablari noaniqligicha qolmoqda.

“Cho‘ntak patologoanatomi” vazifasini bajaruvchi dastur ixtirochisi avstraliyalik Alan Lopesning so‘zlariga qaraganda, qashshoq mamlakatlarning aksariyatida kishi o‘limi sababini aniqlash uchun maxsus litsenziyaga ega shifokorni yollash lozim. Ammo hammada ham bunga imkon yo‘qligi bois, aksariyat o‘limlar sababi noaniqligicha qolmoqda.

"Misol uchun, kishi bezgak kasalligi tufayli o‘lim biror marta qayd etilmagan mamlakatda yashaydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan esa ushbu davlatga aynan bezgak kasalligiga qarshi kurash uchun katta mablag‘ ajratilgan. O‘lim sabablari haqidagi aniq ma’lumot sog‘liqni saqlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora tadbirlar naqadar samarador ekanligini aniqlash uchun muhim. Yangi ixtiro etilgan dastur yordamida esa shunday ma’lumotga oz harajat evaziga ega bo‘lish mumkin, — deya o‘z gapini yakunlaydi Lopes.

Lopesning aytishicha, dastur Hindiston, Filippin, Meksika, Tanzaniya, Shri-Lanka kabi bir qator rivojlanayotgan davlatlarda sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0