TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Toshkent hokimiyatining qarorga binoan, barcha mahalla va ko‘p xonadonli uylarda “Uy dafatari” tashkil qilinadi.
“Toshkent shahrida joylashgan, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, turar joy obyektidagi xonadonda ro‘yxatga olingan shaxslarni qayd etuvchi “Uy daftari” joriy etilsin”, — deyilgan qarorda.
Yana qarorda, “Uy daftari”ni yuritish tartib qoidalarini ishlab chiqish va aholi orasida tushuntirish ishlari olib borish Ichki Ishlar bosh boshqarmasiga topshirilishi aytilgan.
Ushbu chorlar Toshkentda aholini doimiy va vaqtincha ro‘yxatga olish jarayonini tartibga solish imkonini beradi.