Vashington: DAISh Suriyadan chetdagi neft konlarini o‘zlashtirmoqchi

© Sputnik / Boris Babanov / Mediabankka o‘tishNeft konlari.
Neft konlari. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Islom davlati”dagi terrorchilar to‘dasi Liviya hududi hamda Sinay yarimorolidagi yaxshi muhofaza qilinmagan neft konlarini o‘z nazoratiga olishni ko‘zlamoqda.

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. “Islom davlati” (DAISh) terrorchilar to‘dasi Liviya hududi hamda Sinay yarimorolidagi yaxshi muhofaza qilinmagan neft konlarini o‘z nazoratiga olishni ko‘zlamoqda, xabar qiladi RIA Novosti Reyter asosida. 

Amerikalik mansabdor shaxs, o‘z ismi sir saqlanishi sharti bilan, terrorchilarning qo‘liga o‘tishi mumkin bo‘lgan neft konlari va transport yo‘llari kimning nazoratida ekanligi AQSh maxsus xizmati tomonidan o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

"Ular Liviya va boshqa mamlakatlardagi neft konlarini sinchkovlik bilan o‘rganishmoqda. Biz tayyor bo‘lamiz", — ta’kidladi manba.

AQSh Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, DAISh neft savdosidan oyiga 40-50 million dollar, yiliga — 500 million dollar daromad oladi.

Bugungi kunda dunyo xavfsizligiga tahdid solayotgan DAISh uch yil mobaynida Iroq va Suriyaning kattagina qismini bosib olishga ulgurdi. Bundan tashqari, radikal guruh, Shimoliy Afrika mamlakatlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazishga urinib kelmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0