TOShKENT, 16 dek — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov Xitoyning Chjenchjou shahrida bo‘lib o‘tgan ShHT mamlakatlari hukumat rahbarlari uchrashuvida so‘zga chiqib O‘zbekiston ShHT doirasida Erkin Savdo zonasi tashkil qilish rejasini hali ko‘rib chiqishga hali tayor emasligini ta’kidladi, “Jahon” AA xabari asosida.
Azimov, oxirgi yillarda dunyo xom-ashyo bozorlarida va iqtisodida ro‘y berayotgan ko‘plab muammolarga qaramasdan, O‘zbekiston rahbariyati tomonidan o‘ylab chiqilgan va tadbiq etilayotgan islohotlar tufayli, mamlakat iqtisodiyoti o‘tgan 11-yil davomida yiliga 8%dan ko‘pga o‘sib borayotganini ta’kidlab o‘tdi.
Bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlariga qaraganda, chet el sarmoyadorlari bilan hamkorlikda, yaratilayotgan yuqori texnologiyali korxonalar O‘zbekiston iqtisodning haqiqiy lokomotiviga aylanganini va dunyo bozoritalablariga javob berayotgan mahsulotlar ishlab chiqarayotganini aytib o‘tdi.
Shu bilan bir vaqtda, Rustam Azimov, O‘zbekiston hali yo‘l boshida turganini va zamonaviy hamda raqobatbardosh iqtisodiyot yaratish uchun katta yo‘l bosib o‘tishi kerakligini, anglab turganini ta’kidladi.
Ushbu vaziyatdan kelib chiqqan holda, Azimov, O‘zbekiston ShHT mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy munosobatlarni, Hamkorlik mamlakatlari orasida sanoat mahsulotlari savdosini rivojlantirish va o‘zaro savdo-sotiqni rag‘batlantirish tarafdori bo‘lsada, ShHT doirasida Erkin savdo zonasi tashkil qilish taklifini ko‘rib chiqishga hali tayor emasligini alohida ta’kidladi.
Undan tashqari, bosh vazir o‘rinbosari, hamkorlikning bunday yo‘nalishi, ushbu yil Ufada davlat rahbarlari tomonidan qabul qilingan 2025-yilgacha bo‘lgan ShHT Rivojlanish Strategiyasida ham tilga olinmaganligini aytib o‘tdi.
Buning o‘rniga, Rustam Azimov, ” O‘zbekiston ShHT mamlakatlari orasida sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish, yuqori texnologiyali sohalarda o‘zaro manfaatli bo‘lgan loyihalarni amalaga oshirishga umid qilayotganini va ushbu sohada, hali ishlatilmagan ulkan imkoniyatlar boriligini”, — aytib o‘tdi.
“Hamkorligimizning strategik yo‘nalishi sifatida, biz transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish va hududimizning ulkan tranzit imkoniyatlarini kengaytirish deb bilamiz”, — dedi bosh vazir o‘rinbosari.
Bundan tashqari, Azimov, O‘zbekiston Hindiston va Pokistonning ShHTga to‘la huquqli a’zo sifatida qabul qilinishi tarafdori ekanligini aytib o‘tdi.