Opera qo‘shiqchisi Monserrat Kabalye qamoq jazosiga hukm qilindi

© Sputnik / Yuriy Abramochkin / Mediabankka o‘tishMonserat Kabalye konserti jarayonida.
Monserat Kabalye konserti jarayonida. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan tashqari, 82 yoshli Kabalye 254 231 miqdorida yevro jarima to‘lashga majbur etiladi. San’atkor olti oy davomida davlatdan yordam olish huquqidan mahrum etiladi hamda kechiktirilgan to‘lovlar uchun yana 72 ming yevro jarima to‘lashga majbur bo‘ladi.

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Ispaniyaning Barselona shahri sudi mashhur opera qo‘shiqchisi Monserrat Kabalyeni tovlamachilikda ayblab, olti oy qamoq jazosiga hukm qildi, RIA Novosti ABC gazetasi xabariga ko‘ra.

Qo‘shiqchi o‘ziga qo‘yilgan aybni tan oldi, ammo sud zaliga tashrif buyurmadi. Sog‘lig‘i yomonlashganini bahona qilib, videoaloqa orqali ko‘rsatma berdi.

Qo‘shiqchi 2010-yil jismoniy shaxs sifatida Ispaniya g‘aznasiga soliq to‘lamaganlikda ayblanmoqda. Gap shundaki, Kabalye rasman Andorra fuqarosi, shu bois, Ispaniyada jismoniy shaxs sifatida soliq to‘lamagan. Prokuratura xodimlari tomonidan qo‘shiqchi aslida Barselonada yashashi va soliq to‘lamaslik uchungina Andorrani “turar joyi” sifatida saqlab turganligi fosh qilindi.

Natijada Kabalye o‘z aybiga iqror bo‘ldi. Belgilangan 250 ming yevro jarima, shuningdek, olti oylik qamoq jazosiga ham e’tiroz bildirmadi.

Qo‘shiqchi shu kunlarda Ispaniya g‘aznasiga 508 ming yevro mablag‘ to‘ladi. Monserratga qo‘yilgan ayb uchun ikki yilgacha qamoq jazosi belgilanishi mumkin. Qo‘shiqchining muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilmagani hisobga olinsa, jazo shartli ravishda belgilanadi, degan taxminlar ham yo‘q emas.

 

Yangiliklar lentasi
0