TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi moto-o‘qchi polkni Dushanbeda joylashtirdi, dedi Markaziy Harbiy okrug qo‘mondoni Yaroslav Roshupkin, RIA Novosti xabariga asosan.
“Harbiy qismning joyini o‘zgartirish ularning jangovor va harbiy tayorgarlik darajasini oshirish maqsadida amalga oshirildi. Tadbir Tojikiston Mudofaa vazirligi bilan oldindan kelishilgan muddatda amalga oshirildi. Qo‘shinlar biriktirilgan texnika yordamida 250 km masofaga safar uyushtirib Dushanbedagi harbiy shaharchaga yetib kelib shaharcha yaqinidagi Lyaur harbiy poligonda mashg‘ulotlarni boshladi”, — dedi Roshupkin.
Rossiyaning 201-harbiy bazasi chet elda joylashgan eng yirik birikmalaridan biri. Ushbu harbiy baza 2004-yilda, Afg‘oniston va Tojikiston orasidagi chegarani qo‘riqlash maqsadida joylashtirilgan. Rossiya va Tojikiston orasida 2012-yilda tuzilgan shartnomaga muvofiq ushbu mamlakatda kamida 2042-yilga qadar qolishi mumkin. Harbiy baza kontingenti yetti minggdan ziyod askar va zobitlardan tashkil topgan bo‘lib ular Dushanbe, Ko‘lob va Qo‘rg‘on Tepa shaharlarida joylashtirilgan.