TOShKENT, 14 dek – Sputnik. Yangi normalarning qabul qilinishi nomzodni ilgari surish uchun to‘planadigan imzolar miqdori umumiy saylovchilar sonining 5 foizidan 1 foiziga qadar qisqartirilishiga yordam beradi. Mazkur normalarga o‘zgartirish kiritish maqsadida yangi qonunchilik loyihasi ishlab chiqildi. U 2016-yil boshida parlament deputatlari tomonidan ko‘rib chiqiladi,, O‘zbekiston parlamentining quyi palatasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra.
Parlament vakilining ta’kidiga ko‘ra, kamida 5% imzo to‘plash bo‘yicha amaldagi tartib saylov kampaniyasi jarayonida sezilarli qiyinchiliklarni tug‘dirmoqda va mablag‘lar boshqa tomonga ketishiga sabab bo‘lmoqda.
Yangi qoidalarning joriy etilishi, zarur miqdordagi imzolar sonining 1 milliondan 200 minggacha qisqarishiga olib keladi. Ta’kidlanishicha, mazkur o‘zgarishlar O‘zbekistonda prezident saylovini muntazam ravishda monitoring qilib boruvchi YeXHT missiyasi tavsiyasiga binoan amalga oshirilmoqda.
Yangi qonun loyihasining qabul qilinishi respublikada prezidentlik saylovini o‘tkazishda “tinchlik kuni” — saylovga bir kun qolganda saylovoldi tashviqotini to‘xtatish amaliyotini joriy etishni ko‘zda tutadi. Bugunga qadar “tinchlik kuni” faqat parlament saylovlari uchun belgilangan edi.