Jon Kerri Moskvaga Suriya muammosi yechimini topish uchun keldi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishAQSh davlat kotibi J.Kerri va Rossiya TIV S.Lavrov
AQSh davlat kotibi J.Kerri va Rossiya TIV S.Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nutqining so‘nggida AQSh davlat kotibi Jon Kerri Lavrovga rus tilida “spasibo” dedi.

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. AQSh davlat sekretari Jon Kerri Rossiyaga ushbu yil hisobidan o‘zining ikkinchi tashrifi bilan keldi.

Kerri Moskvada Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Uchrashuvni 150ga yaqin jurnalistlar yoritmoqda. TIVdagi muzokaralar boshlanishidan oldin Lavrov va Kerri Amerka va Rossiya bayroqlari qarshisida qo‘l siqib ko‘rishishdi va suratga tushishdi.  

 

AQSh davlat sekretari, biroz charchagan ko‘rinar edi. Uning so‘zlariga qaraganda Parijda bo‘lib o‘tgan “konstruktiv” muzokaralardan keyin, u Moskvaga oqshom soat 3da yetib kelgan. Jon Kerri Moskvadagi uchrashuvda Suriya masalasi va boshqa ko‘pgina masalalarning yechimi topilishiga umid qilayotganini bildirdi.

Muzokaralar chog‘ida Jon Kerri, AQSh va Rossiya bir ovozdan DAIShni butun dunyo xavfsizligiga tahdid solayotgan terrorchi guruh va ular bilan hech qanday muzokaralar bo‘lishi mumkin emas, deb e’lon qildi.  

“Albatta, DAISh Rossiya va AQSh bizning davlat va millatlar uchun umumiy xavf deb tan oladi va ular bilan muzokaralar olib borish mumkin emas. Ular terrorchilar, ular bizning madaniyatimizga, qadriyatlarimizga suiqasd qilmoqda va bizga ularga qarshi kurashishdan boshqa chora qolmayapti”, — dedi amerikalik diplomat Moskvadagi muzokaralar chog‘ida.

Kerri, oradagi kelishmovchilikka qaramasdan, Moskva va Vashington samarali hamkorlik qilishi mumkinligini alohida ta’kidlab o‘tdi.  

 

Yangiliklar lentasi
0