TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Sputnik xalqaro axborot agentligi va radiosi uchun maxsus o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, Germaniyaning — 51%, britaniyaliklarning 42%, Amerikaning 35% aholisi Rossiyaning Suriyada o‘tkazayotgan harbiy operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirganlar. So‘rovnoma Britaniyaning ommabop Populus tadqiqot kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan. Turkiyada istiqomat qiluvchilargina Rossiyaning Suriyadagi operatsiyalarini keskin qoralashgan – aholining 64%i o‘z noroziligini bildirgan bo‘lsa, 17% fuqaro Rossiyani qo‘llab-quvvatlashini aytgan.
“Rossiyaning Suriyada o‘tkazayotgan harbiy operatsiyalari haqida xabaringiz bormi-yo‘qmi?” degan savolga Buyuk Britaniyaning 90% aholisi “Suriyadagi voqealardan xabarimiz bor” deb javob berishgan, shuningdek, Turkiya va Germaniyaning 87% aholisi Rossiyaning Suriyadagi operatsiyalari haqida to‘liq ma’lumotga ega ekanliklarini bildirganlar. AQShda bu ko‘rsatkich 74%ni tashkil qilgan. Bu mavzu haqida mutlaqo xabarsiz bo‘lgan amerikaliklar ham kam emas(26%).
Rossiyaning Suriyadagi operatsiyalaridan xabardor nemislarning aksariyati (63%), britaniyaliklarning teng yarmi (50%) va amerikaliklarning deyarli uchdan bir qismi (30%), Turkiyaning samolyotni urib tushirishini asossiz harakat, deya baholashgan. Va, aksincha, Turkiyaning 71% aholisi samolyotni urib tushirishga buyruq berganlarning harakatini qo‘llab-quvvatlashgan.
So‘rovnoma Populus tadqiqot kompaniyasi tomonidan 2015-yilning 2-dekabridan to 8-dekabrgacha bo‘lgan vaqt mobaynida o‘tkazilgan. So‘rovnomada jahonning 4 mamlakatidan, jami 4083 respondent ishtirok etgan (Buyuk Britaniya(1067), AQSh (1005), Germaniya (1005), Turkiya (1006).