O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlari iliqlashmoqda

Obuna bo‘lish
Dushanbe va Toshkent o‘rtasida Tashqi ishlar vazirliklari maslahatlashuvi birinchi marta o‘tkaziladi.

 

TOShKENT, 15 dek – Sputnik. 17-18 dekabr kunlari Dushanbeda O‘zbekiston va Tojikiston Tashqi ishlar vazirliklari siyosiy maslahatlashuvi o‘tkaziladi, xabar qiladi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

" O‘zbekiston va Tojikiston rasmiylari maslahatlashuvi hali biror marta o‘tkazilmagan", — aniqlik kiritadi O‘zbekistondagi Tojikiston elchixonasi vakili. Maslahatlashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jumladan, savdo-iqtisodiy va transport sohalarida munosabatlarni rivojlantirish choralarini ko‘rib chiqib, shuningdek, regional muammolar, Afg‘onistondagi holat yuzasidan fikr almashishi ko‘zda tutilgan.

Sobiq Ittifoq tarqagach O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlar murakkab kechayotgan edi. Ikki mamlakat  o‘rtasida 1992-yil o‘zaro havo parvozlar bekor qilingan bo‘lsa, 2001-yil avval O‘zbekiston, so‘ng Tojikiston o‘zaro viza tartibini kiritdi.

O‘zbekiston Tojikistondagi Rog‘un GESi qurilishiga qarshi. O‘zbekiston nuqtayi-nazaricha, Tojikiston va Qirg‘izistonda GESlarning qurilishi oqibatida transchegaraviy darolar suvlari bir mamlakatning nazorati ostiga o‘tib qoladi va mintaqa ekologiyasiga juda katta zarar yetkaziladi.

 

Yangiliklar lentasi
0