Moskva markazida ro‘y bergan otishmada 8 kishi jarohat oldi

© Sputnik / Aleksandr Krilov / Mediabankka o‘tishTez tibbiy yordam shifokori jarohat olgan odamga mashinadan chiqishga yordam berapti.
Tez tibbiy yordam shifokori jarohat olgan odamga mashinadan chiqishga yordam berapti. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Otishma davomida jarohat olgan yetti inson zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan, bitta odam tibbiy yordam ko‘rsatilishidan voz kechgan, xabar qiladi poytaxt Sog‘liqni saqlash departamenti matbuot-xizmati.

TOShKENT, 15 dek – Sputnik. Otishma poytaxt markazida joylashgan Rochdel ko‘chasidagi kafeda ro‘y bergan. Ikkita inson voqea joyida vafot etgan, sakkizta odam jarohatlangan, xabar qilinadi poytaxt Sog‘liqni saqlash departamenti matbuot-xizmatida.

Bundan sal oldin otishmada jarohat olganlar soni to‘rt nafar, deb xabar qilingan edi. Voqea tafsilotlari hozirda oshkor qilinmayapti. “Ikki va undan ortiq insonlar joniga qasd qilish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0