TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Argentinada avtobus ko‘prik ustidan jarlikka qulashi oqibatida, halok bo‘lganlar soni 41taga yetdi, RIA Novosti M24 portali ma’lumoti asosida.
Bundan sal oldin qurbonlar soni 30 nafar, deb e’lon qilingan edi.
Avtohalokat dushanba kuni ertalab, Argentina shimolidagi Rosario-de-la-Frontera shaharchasida ro‘y berdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 25 metr balandlikdan suvi qurigan daroga qulagan avtobusda 60ga yaqin jandarmeriya xodimlari bo‘lgan.
Avtohalokat ro‘y bergan joyda qutqaruv ishlari davom etmoqda. Tirik qolganlar bor, deb qayd etilmoqda.