O‘zbek san’atkorlariga konsert oldidan “shov-shuv” ko‘tarish ta’qiqlandi

© A.IlyasovMustaqillik tantanalari.
Mustaqillik tantanalari. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun e’lon qilingan hukumat qaroriga muvofiq, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasidan ruxsat olmagunga qadar “estrada yulduzlari”ga rejadagi konsert dasturi haqida ma’lumot tarqatish ta’qiqlanadi.

 

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Bugun e’lon qilingan hukumat qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda konsert-tomosha faoliyatini muvofiqlashtirish, milliy musiqa san’atini yanada rivojlantirish, badiiy jihatdan yuksak asarlarni targ‘ib qilish, litsenziatlarning aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha huquq va majburiyatlarini aniqlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 354-sonli qarori qabul qilindi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, san’atkorlar va konsert tashkilotchilariga maxsus ruxsatnoma olmagunlariga qadar, tadbir o‘tkaziladigan joy, vaqt va sana haqida ma’lumot berish qat’iyan man etiladi. “O‘zbeknavo” ruxsatisiz, hatto chiptalar sotuvga qo‘yilmaydi.

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan tasdiqlangan ssenariy yoxud konsert dasturiga konsert tashkilotchilari qat’iy amal qilishlari shart, konsert ijrochilari esa ommaga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya hatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymasliklari lozim.

Vatanga sadoqat va muhabbat ruhidagi, milliy an’analar va umuminsoniy qadriyatlar aks etgan, shuningdek, yuqori badiiy g‘oya tasvirlangan san’at asarlari o‘rin olgan konsert dasturlari “O‘zbeknavo” ruxsatnomasini olish uchun mezon bo‘la oladi.

Ushbu qarorga muvofiq, endilikda faqatgina konsert-tomosha faoliyatining I – II reyting guruhi litsenziyasiga ega xonandalar o‘z yakkaxon konsert dasturlarini tashkil etishlari mumkin, – dedi “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining Litsenziya bo‘limi boshlig‘i Odil Abduqahhorov Kun.uz muxbiriga. – Bunday litsenziyalar maxsus komissiya xulosasiga ko‘ra taqdim etiladi. Mazkur xulosani chiqarish uchun ijrochilar belgilangan mezonlar va malaka talablariga mos kelishlari lozim. Jumladan, san’atkorlarning reytingi, unvoniga ham alohida e’tibor qaratiladi. Unvoni yo‘q, ammo xalq orasida obro‘si baland xonandalar ham xulosaga ko‘ra oliy toifali san’atkorlar litsenziyasiga ega bo‘lib, yakkaxon konsert dasturlarini o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritadi.

 

Yangiliklar lentasi
0