Toshkent Kabel zavodi orqali yangi avtomagistral ochildi

© Gazeta.uzToshkentda yangi avto magistral
Toshkentda yangi avto magistral - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi yo‘l Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlari orasidagi masofani yaqinlashtiradi.

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Toshkentda ikki tumanni bog‘lovchi yangi yo‘l bo‘lagi qurib bitkazildi, Gazeta.uz xabariga asosan.

1,5km uzunlikdagi olti qatorli yo‘l Do‘rmon yo‘lining davomi bo‘lib, Mirzo Ulug‘bek va Bog‘ishamol ko‘chalarini birlashtiradi. Yangi yo‘l Toshkent Kabel zavodi hududidan va Botanika bog‘i yonidan o‘tadi. 

© Yandeks kartiKabel zavodi orqali yangi avtomagistral ochildi
Kabel zavodi orqali yangi avtomagistral ochildi - Sputnik O‘zbekiston
Kabel zavodi orqali yangi avtomagistral ochildi

Yangi yo‘l bo‘ylab qulay piyodalar yo‘li, jamoat transporti bekatlari qurilgan. Hozirgi paytda yo‘l belgilari o‘rnatilib va yo‘l-harakati xavfsizligi chiziqlari chizilmoqda.

Yangi magistral tufayli, shahar tumanlari orasidagi masofa ancha qisqarmoqda. Botanika bog‘i va Kabel zavodini aylanib o‘tishga ehtiyoj qolmaydi.

Yangi magistral qurilishiga “O‘zavtoyo‘l” ixtisoslashgan korxonasi javob beradi. Yo‘l qurilishi ushbu yil 1-avgustda boshlangan edi. 2015-yil davomida O‘zbekiston bo‘yicha 94 km yo‘llar ta’mirlandi va qayta qurildi. Ushbu maqsadlarga 432 mlrd so‘m xarajat qilindi.

Noyabr oyida ma’lum bo‘lishicha, Moliya vazirligidagi respublika yo‘l fondi uchun 2016-yilda ta’mirlash ishlariga, ko‘prik va tunellar qurishga 2,8 trillion so‘m ajratadi. Undan 900 mlrd so‘m uzunligi 118 km bo‘lgan, umumiy foydalanish yo‘llarini ta’mirlashga, 100 mlrd. So‘m yo‘l texnikasini yangilashga va uni ta’mirlashga yo‘naltiriladi.

Hozirgi paytda respublikadagi barcha avtomobil yo‘llari uzunligi 183 ming km ni tashkil qiladi. Ulardan 42, 6 ming kilometri – umumiy foydalanish yo‘llari. Ular o‘z navbatida xalqaro, respublika va mahalliy yo‘llarga bo‘linadi. O‘zbekiston milliy magistrali uzunligi 3 ming kilometrdan uzun.

Yangiliklar lentasi
0