TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Pokistonning Parachinar shahri bozorida sodir etilgan terakt oqibatida o‘n kishi hayotdan ko‘z yumgan. Voqeaga guvoh kishilarning so‘zlariga qaraganda, voqea joyidan qochib qolmoqchi bo‘lgan ikki nafar shubhali shaxs qo‘lga olingan, xabar qiladi RIA Novosti.
Terakt oqibatida o‘ttizdan ortiq kishi jarohat olgan, ulardan 7 nafari shahar shifoxonasida o‘ta og‘ir ahvolda yotishibdi.