TOShKENT, 14 dek — Sputnik. AQSh, Kanada va Fransiya geofiziklari Yerda sutkaning davomiyligi oshib borayotganini ma’lum qilishmoqda.Olimlar o‘z tadqiqotlari natijalarini Science Advances jurnalida chop etishdi, xabar beradi kun.uz sayti.
Geofiziklar tomonidan o‘tkazilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, XXI asr davomida yerdagi sutka kuniga 5 millisekunddan ortib boradi, Yer aylanish o‘qi esa shimoliy qutbdan yaqin yuz yil ichida 1 sm ga siljiydi.
Olimlar Yerdagi muzliklar erishi sur’atlarini tahlil qilib, shunday fikrga keldilar: shimoliy mintaqalar(xususan, Grenlandiya)dagi materiyaning ekvator tomon qayta taqsimlanishi natijasida sayyoramizning o‘z o‘qi atrofida aylanishi sekinlashadi.
Geofiziklar 2002-yilda okeanshunos Valter Mank tomonidan o‘tkazilgan global issiqlik oqibatida muzliklar erishining Yer aylanishi va uning og‘ish o‘qiga ta’siriga bag‘ishlangan tadqiqotini aniqlashtirib o‘tishdi.
Mank bunday ta’sirni aniqlamagan, biroq geofiziklar bu XX asr davomida dengiz sathi ko‘tarilishining noto‘g‘ri baholanishi (2 mm o‘rniga 1-1,5 mm deb hisoblangan) sababli yuzaga kelganini aniqlashdi.