Saudiya Arabistonidagi saylovlarda ilk bor ayol kishi g‘olib bo‘ldi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishSaudiya Arabistonida ayollar saylash va saylanish huquqiga ega.
Saudiya Arabistonida ayollar saylash va saylanish huquqiga ega. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistoni ilk bor ayol kishi Makka shahri hokimiyatiga saylandi.

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Saudiya Arabistoni saylovlari tarixida ilk bor mamlakat xotin-qizlariga saylash va saylanish huquqi berildi. Ana shu islohotdan kelib chiqib, ayol kishi Makka shahri hokimiyatiga saylandi, xabar qiladi RIA NOVOSTI Frans Press ma’lumoti asosida.

Saylovlarda 6 mingga yaqin erkak nomzodlar bilan bir qatorda 900 dan ortiq ayol nomzodlar ishtirok etgan.  

Salma bint Xizab al-Otebiy Muqaddas Makka shahri hududiga yaqin Madrak kengashiga saylangan. Bu haqda mamlakat saylov komissiyasi prezidenti Osama al-Bar mahalliy OAV lariga 13 dekabr kuni ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun,  Saudiya Arabistoni qiroli Abdulloh ibn Abdul-Aziz (2005-2015) 2011-yilning sentabrida mamlakat xotin-qizlariga saylash va saylanish huquqini bergan. Qirol, shuningdek, xotin-qizlarga Sho‘ro kengashi(Oliy boshqaruv organi) a’zoligiga o‘z nomzodini ko‘rsatishga ruxsat berilishini ta’kidlamoqda.

Yangiliklar lentasi
0