TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Egey dengizida “Smetliviy” nomli Rossiya qo‘riqchi kemasi, Turkiya kemasi bilan to‘qnashuvni oldini olish uchun, o‘q uzishma majbur bo‘ldi. Ushbu hodisa munosobati bilan Moskvadagi Turkiya elchixonasi harbiy attashesi zudlik bilan Rossiya Mudofaa vazirlgiga chaqirildi.
“2015 yilning 13-dekabrida, Egey dengizidagi Lemnos orolidan 22 km uzoqlikda bo‘lgan "Smetliviy" Rossiya harbiy qo‘riqchi kemasi ekipaji Turkiya seyneri (qayiqchi kema) bilan to‘qnashuvni oldini oldi”, deyilgan xabarda.
Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, yakshanba kuni ertalab, harbiy kema ekipaji kemadan 1 km masofada Turkiya kemasini ko‘rgan. Ushbu kema, langarda turgan "Smetliviy"ga o‘ng borti tomon yaqinlashib kela boshlagan. "Smetliviy" ekipajining ko‘plab qilgan radiomurojaatiga, raketalar va semaforlar signaliga, turk kemasi javob bermagan.
Turk kemasi 600m masofaga yaqinlashganda, to‘qnashuvni oldini olish uchun, notanish kema yo‘nalishi bo‘yicha xavfsiz uzoqlikda o‘q uzilgan. Shundan keyin Turk kemasi darhol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgan. Turk kemasi Rossiya kemasi bilan aloqaga chiqmasdan, "Smetliviy" yonidan 540m masofada o‘tib ketgan.
Eslatib o‘tamiz bu Turkiya tomonidan Rossiya harbiy kemalariga qarshi uyushtirilgan birinchi fitna emas. Biroz oldin Turkiya hukumati Rossiyaning "Sezar Kunikov" harbiy kemasini Bosfor bo‘g‘ozidan o‘tish vaqtida Montryo xalqaro konvensiyasini buzganlikda ayblagan edi. O‘shanda Ankaradagi Rossiya elchisi Turkiya TIVga chaqirilgan edi.
Keyinroq Rossiya TIV xalqaro konvensiyaning aynan qaysi bandlarini buzganliga haqida so‘raganda, Turkiya tomoni hech qanday dalillar keltira olmagan.