Chorvoq GESining uchinchi gidroagregati yangilandi

© Sputnik / A. Volkov / Mediabankka o‘tishO‘zbekistondagi Chorvoq GESi
O‘zbekistondagi Chorvoq GESi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chorvoq GESining quvvati, to‘liq yangilanganidan keyin 45 MVtga oshadi.

 

TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Rossiyaning "Silovie mashini" kompaniyasi Toshkent viloyatidagi Chorvoq GESi gidroagregatini yangilash ishlarini tugatdi, “O‘zbekenergo” vakili xabariga ko‘ra.  

Chorvoq GESining to‘rt gidroagregatni yangilash borasidagi shartnoma Rossiyaning “Silovie mashini” kompaniyasi va “O‘zbekenergo” Davlat aksionerlik kompaniyasiga qarashli bo‘lgan “Chirchiq GESlar kaskadi” sho‘’ba korxonalari orasida 2011-yilda tuzilgan edi.

“Bugungi kunda Rossiya tomoni uchinchi agregat bo‘yicha ishlarni yakunladi. Yaqin ikki-uch kunda biz stansiyani ishga tushiramiz va elektr energiyasi ishlab chiqarishni boshlaymiz”, — dedi mutaxassis.

Shartnomaga ko‘ra, “Chorvoq GESlar kaskadi” "Silovime mashini" kompaniyasi bilan hamkorlikda  2011-2016 yillar davomida Chorvoq GESlarining birinchidan to‘rtinchigacha bo‘lgan barcha  gidroagregatlar uskunalarini yangilashi kerak.

Yangilangan GES quvvati 45 megavattga oshishi kutilmoqda. Undan tashqari stansiyalar ishlash barqarorligi va ekspluatatsiya ko‘rsatkichlari  yaxshilanadi.

Chorvoq GESlar kaskadi, Toshkent shimolida, g‘arbiy Tanshan tog tizimlarida joylashgan bir necha elektrostansiyalardan tashkil topgan. Birinchi va eng katta GES – Chirchiq-Bo‘zsuv kaskadida joylashgan bo‘lib uning quvvati 620 MVt ni tashkil qiladi. Uning gidroagregatlari ham oldin “Leningrad Metall zavodi” va “Elektrosila” zavodlarida ishlab chiqarilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0