O‘zbekistonda benzin tanqisligi yechimi topildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishBenzin quyish shahobchasida.
Benzin quyish shahobchasida. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2018-yilda yiliga uch yuz ming tonna metanol ishlab chiqaradigan polivinilxlorid majmuasi quriladi. "O‘zkimosanoat" mutaxassislari hozirda metanoldan benzin olish texnologiyasi ustida ish olib borishmoqda.

TOShKENT, 11 dek — Sputnik. O‘zbekistonda yaqin yillar ichida metanoldan benzin ishlab chiqarishga erishiladi, O‘zkimosanoat" vakili xabariga ko‘ra.

Mutaxassisning aytishicha, kelgusi yilda mamlakatda Xitoyning China SAMS Engineering So kompaniyasi barpo etadigan zamonaviy polivinilxlorid majmuasi ishga tushiriladi. Qo‘shimcha mahsulot sifatida yiliga 300 ming tonna metanol ishlab chiqarishi ham rejaga kiritilgan.

"Majmua 2018-yilda ishga tushiriladi. Biz shunga tayyor bo‘lishimiz kerak. Ayni vaqtda metanolni biror foydali mahsulotga aylantirishning samarali usullari ustida ishlayapmiz. Benzin ishlab chiqarish — istiqbolli texnologiya degan fikrdamiz", — deydi mutaxassis.

Suhbatdoshning aytishicha, ushbu yo‘nalishda, Mitsubishi boshchiligidagi Yaponiya kompaniyalari konsorsiumi hamda Daniyaning "Xaldor Topse" kompaniyasi bilan memorandum imzolandi. Tomonlar ayni vaqtda “Navoiazot” asosida qo‘shma loyihani ishga tushirish imkoniyatlarini o‘rganishmoqda. Loyiha qiymati 100 million dollar deb belgilangan. Mablag‘ning teng yarmi chet el investorlari tomonidan kiritilishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda benzin taqchilligi haqidagi ma’lumot “O‘zneftmahsulot” tomonidan har doim rad etib kelinishiga qaramay, poytaxt va ayniqsa, tumanlardagi benzin quyish shahobchalarida uzundan-uzoq navbatda turgan avtomobillarni ko‘rish mumkin.

Amaldorlarning fikricha, bunday navbatlar yuzaga kelishiga olib-sotarlar va benzin narxi oshishi haqidagi navbatdagi mish-mishlar sabab bo‘lmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0