T0ShKENT, 10 dek — Sputnik. "O‘zbekturizm” MK, Rossiyadagi o‘zbekiston elchixonasi bilan birgalikda, 14-16 dekabr kunlari Moskva va Sankt-Peterburgda uchrashuvlar o‘tkazadi. Ushbu uchrashuvlarda O‘zbekiston turizm sohasi vakillari Rossiya turoperatorlari bilan uchrashadi, deyilgan "O‘zbekturizm" milliy kompaniyasi saytida.
Tashkilotchilar so‘zlariga qaraganda, tadbirdan maqsad, O‘zbekistonga Rossiyalik sayyohlarni jalb qilish va O‘zbekiston turfirmalarga rossiyalik turoperatorlar bilan tadbirkorlik aloqarlarini o‘rnatishga yordam berishdir.
Uchrashuv dorasida O‘zbekistonning turistik imkoniyatlarini va taklif qilinayotgan turistik paketlar taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Undan keyin tadbirkorlar orasida "V2V" ko‘rinishida uchrashuvlar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Tadbir Sankt-Peterburgdagi “Petro Palace” mehmonxonasida va Moskvadagi “Zolotoe kolso” mehmonxonasining kongresslar markazida bo‘lib o‘tadi.