Assanj: “Su-24” mojarosi uyushtirilgan edi”

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishRT telekanali tomonidan "Informatsiya, siyosat, OAV: jahonda yangi tartiblarning o‘rnatilishi" mavzusida o‘tkazilgan matbuot-anjumani
RT telekanali tomonidan Informatsiya, siyosat, OAV: jahonda yangi tartiblarning o‘rnatilishi mavzusida o‘tkazilgan matbuot-anjumani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Su-24” Rossiya bombardimonchi samolyotining Turkiya Harbiy Havo kuchlari tomonidan urib tushirilishi rejalashtirilgan, deb hisoblaydi mahfiy hujjatlarni oshkor qiluvchi WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanj.

TOShKENT, 10 dek — Sputnik. WikiLeaks sayti asoschisi shuningdek, “Su-24” mojarosi yuz berishida Turkiyada o‘tkazilgan parlament saylovlarining o‘rni borligiga ishonch bildirmoqda. “Aminmanki, Turkiya, Suriyaning shimoliy qismini “ko‘z ostiga” olib qo‘ygan. Erdo‘g‘on, hech bo‘lmasa o‘sha yoqda o‘z hukmronligini o‘rnatish uchun, harakatlarini davom ettiradi”, ta’kidlaydi WikiLeaks sayti asoschisi.

RT telekanali tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Londondagi Ekvador elchixonasidan videoaloqaga chiqqan Assanj, Anqara Rossiyani agar chegarasi buzilsa, shunga yarasha keskin javob olishi mumkinligi haqida ogohlantirganini eslatib o‘tdi. Va mojaro kelib chiqishining yana bir sababi borligini ham qo‘shimcha qildi.

"Boshqa sabab: — mojaro uyushtirilgani shubhasiz. Erdo‘g‘on prezidentlikka nomzodini ko‘rsatganida, Turkiya o‘z chegarasi bir soniyaga buzilgan taqdirda ham “urib tushirish” qoidasini o‘rnatgan edi. Bu saylovda g‘olib chiqish maqsadida qilindi. “Urib tushirish” qoidasi saylovdan keyin ham amal qilishda davom etgan”, — dedi WikiLeaks asoschisi. Anqara hatti-harakatini oqlamasligini bildirgan Assanj, Rossiya maxsus xizmat xodimlari yo‘l qo‘yishgan xato haqida to‘xtalib, Turkiya ogohlantirish signallarini yuborganligini aytib o‘tdi.

Assanjning fikricha, bu mojaroga ko‘pchilik aralashgan. Shu bois, u ijobiy bartaraf etilmasligi haqiqatga yaqin.

Eslatib o‘tamiz, 24-noyabr kuni Turkiya qiruvchi samolyoti Rossiya Su-24 bombardimonchi samolyotini urib tushirgach, ikki davlat munosabatlariga “sovuqchilik” tushdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu hodisani “terrorchilar hamtovoqlari tomonidan, zimdan berilgan zarba", — deb baholadi. 2016-yil 1-yanvardan ayrim oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, tovuq go‘shti, pomidor, piyoz, gulkaram, bodring, apelsin va mandarin, uzum, olma, nok, shaftoli, olxo‘ri va qulupnay Turkiyadan Rossiyaga olib kirilishi ta’qiqlandi.

 

Yangiliklar lentasi
0