Odamzod tarixida futbol haqida birinchi ma’lumot miloddan avvalgi 2-ming yillikka taaluqli. Unga ko‘ra, qadimgi Xitoy hududida Su Chyu, ya’ni “oyoq bilan to‘p o‘ynash” degan o‘yin haqida so‘z yuritilgan. Ushbu o‘yin xitoy askarlariga jismoniy baquvvat bo‘lishga yordam bergan.
Boshqa bir ma’lumotga ko‘ra futbol qadimgi Angliyada 8-asrda paydo bo‘lgan. Rivoyatlarga ko‘ra, saksoniyaliklarda shunday yovvoyi odat bo‘lgan: jangdan so‘ng ular jang maydonida mag‘lub bo‘lgan raqiblarning boshini tepib o‘ynagan.
Futbol darvozasidagi setka birinchi bir 1891-yilda Angliyaning shimoli va janubi terma komandalari o‘rtasida o‘tkazilgan o‘yinda ishlatilgan.
O‘zbekistonda ham futbol eng ommaviy o‘yinlardan biri. O‘zbekiston futbol federatsiyasi 1946-yila tashkil qilingan. O‘zbekiston futbolida Oliy liga va Birinchi ligalar mavjud.
O‘zbekistonda futbol tug‘ilgan yili deb 1912-yil tan olingan. O‘shanda Farg‘ona va Qo‘qonda birinchi futbol jamoalari tashkil qilingan. Keyinroq futbol jamoalari Toshkent va Andijonda ham paydo bo‘lgan.
Hozirgi kunda O‘zbekiston jamoalari turli chempionatlarda muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqdalar. Ular orasida Osiyo Chempionlar ligasi, Kubok sovrindorlari kubogi va Osiyo futbol kuboklari bor.
Osiyo chempionatlarida eng katta yutuq Qarshining “Nasaf” jamoasiga tegishli. Jamoa 2011-yilda Osiyo Futbol kubogi sovrindori bo‘ldi.