Rossiya zargarlarining 2 ming olmosli “shohqadahi”

Obuna bo‘lish
Dubayda ko‘rgazmaga olib kelingan bu “shohqadah” “dunyoning eng qimmat soati” maqomini oldi. Rossiyaliklar tomonidan yaratilgan ushbu noyob aksessuar haqidagi videoni e’tiboringizga havola qilamiz.

Rossiyadagi zargarlik uyi rahbari Viktor Moiseykinning aytishicha, interyer bezagi sifatida ishlab chiqilgan ushbu “shohqadah” ga bir kilodan ortiq sof oltin, ikki mingdan ziyod olmos va besh yuzdan ortiq yoqut sarflangan. Soatning marvarid bilan bezak berilgan qismi esa, aylangan holda, vaqtni ko‘rsatib turadi.

"Biz bu soat yordamida, qimmatbaho toshlar va ularning jilosi go‘zalligini ko‘rsatib bermoqchi edik. Soat narxiga kelsak, u — bebaho. Ammo biz atigi bir million dollar so‘rayapmiz. Bu san’at asarini boshqa takrorlay olmaymiz, —ta’kidladi Moiseykin. Zargarlarning so‘zlariga qaraganda, soat 10-yildan ko‘p vaqt mobaynida yaratilgan.

Dubay Butunjahon savdo markazida zargarlar ko‘rgazmasi 13-dekabrgacha davom etadi. Ko‘rgazmada uch yuzdan ortiq san’at asarlari bilan 25dan ziyod mamlakat vakillari ishtirok etishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0