TOShKENT, 10 dek — Sputnik. YeI ga kiruvchi mamlakatlarning doimiy vakillari Rossiyaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalarni uzaytirish muddati bilan bog‘liq savolning ko‘rib chiqilishini keyinga qoldirdilar, xabar beradi RIA Novosti Frans Press ma’lumotiga tayangan holda.
Chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, muhokama qilmagan holda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirishga kelishilish lozim edi.
Ammo hozircha hammasi Italiyaga bog‘liq bo‘lib turibdi, xabar beradi agentlik manbalaridan biri.
Rossiyaga qarshi qaratilgan iqtisodiy sanksiyalar 2016-yilning 31-yanvarida o‘z kuchini yo‘qotadi. Shu bois, YeI sanksiyalarni uzaytirish masalasi o‘tgan haftada o‘tkazilgan YeI mamlakatlari doimiy vakillari yig‘ilishida ko‘rib chiqilib, YeI TIV rahbarlari yig‘ilishida bir ovozdan tan olinishi lozim edi. Rasmiy qaror 17-18 dekabr kuni Brusselda bo‘lib o‘tadigan YeI sammitida e’lon qilinishi kutilayotgandi.