TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Qo‘lga o‘rgatilgan burgut AQSh prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ygan amerikalik milliarder Donald Trampga hujum qildi. Ushbu voqea siyosatchi Time jurnali uchun fotosessiya uyushtirayotgan vaqtda ro‘y berdi. Suratga olish ishlari jarayonida rejissor assistenti milliarderning yelkasiga burgutni qo‘ndirmoqchi bo‘ldi, biroq qush, siyosatchiga nisbatan o‘zining dushmanlik kayfiyatini darhol namoyish etib, cho‘qib olishga harakat qildi.
Quyida keltirilgan videolavhalarda “Sem amaki” laqabli burgut Trampning qo‘lida o‘zini juda behalovat tutgani ko‘rinib turibdi. Burgut, hatto, yozuv stoli qarshisida o‘tirgan siyosatchini cho‘qishga harakat qildi.