Elektron hukumat to‘g‘risidagi Qonun loyihasi tasdiqlandi

© findaElektron aloqa vositalari.
Elektron aloqa vositalari. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Parlament a’zolari ta’kidiga ko‘ra, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi sud ishlarini yuritish tezkorligini oshirishga, sud xarajatlari, ijro hujjatining ijroga qaratilishi vaqti qisqartirilishiga ko‘maklashadi.

TOShKENT, 10 dek – Sputnik. "Mazkur Qonun loyihasini ishlab chiqishdan ko‘zlangan asosiy maqsad davlat boshqaruvi organlari faoliyati oshkoraligini ta’minlash, fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiluvchi elektron hukumat tizimini joriy qilish va samaradorligini oshirishdan iborat", O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot xizmati xabariga ko‘ra.

– Ta’kidlash joizki, qonun loyihasi tayyorlashning dastlabki bosqichida ekspertlar doirasida keng muhokama qilindi, milliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida bir qator tadbirlar o‘tkazildi, – deydi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a’zosi Shuxrat Sharafutdinov. – Unda xalqaro qonunchilikning konseptual jihatlari va elektron hukumat tizimlarini rivojlantirishda sezilarli natijalarga erishgan AQSh, Germaniya, Avstriya, Koreya Respublikasining ilg‘or tajribasi hisobga olingan.

Ushbu sohani huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida qonun loyihasida ijro varaqasini yoki ijro hujjati kuchiga ham ega bo‘lgan sud buyrug‘ini sudyaning raqamli elektron imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali yuborish nazarda tutilmoqda. Xususan, taklif etilayotgan qo‘shimcha ijro varaqasini yoki sud buyrug‘ini davlat soliq xizmati organlariga elektron aloqa vositalaridan foydalangan holda yuborish imkonini beradi, o‘z navbatida, shu tarzda uni majburiy ijro uchun taqdim etadilar.

Parlament a’zolari ta’kidladilarki, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi sud ishlarini yuritish tezkorligini oshirishga, sud xarajatlari, ijro hujjatining ijroga qaratilishi vaqti qisqartirilishiga, shuningdek AKT qo‘llanilishining kengayishiga ko‘maklashadi.

Shuningdek, majlis davomida deputatlar O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi bir qator qonun loyihalarini ham ko‘rib chiqdilar.

 

Yangiliklar lentasi
0