TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Ravshanbek Alimovning so‘zlariga qaraganda O‘zbekiston prezidentining Moskvaga tashrifi ikki taraflama munosobatlarga turtki beradi.
Ikki mamlakatlar orasida munosobatlarning mustahkamlanishida, ShHT sammiti doirasida Rossiya Federatsiya prezidenti Vladimir Putinning Islom Karimov bilan uchrashuvi, yilning eng asosiy voqealaridan biriga aylandi. Uchrashuv doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidentini Moskvaga rasmiy tashrif buyurishga taklif qildi. Hozirgi vaqtda ushbu muhim voqeaga tayorgarlik ko‘rilmoqda”, — dedi Alimov, lekin tashrif kunini aniq ma’lum qilmadi.
“Ishonch bildiramizki, rejalashtirilayotgan uchrashuv, va undagi kelishuvlar ikki mamlakat orasidagi munosobatlar rivojlanishiga kuchli turtki beradi”, — dedi vakil.
Diplomatning so‘zlariga qaraganda, “O‘zbekiston o‘zining Rossiya bilan tez olg‘a ilgarilab va o‘sib borayotgan ikki taraflama munosobatlarini yuqori baholaydi”. U dunyo iqtisodidagi salbiy o‘zgarishlarga qaramasdan, ikki davlat orasidagi munosobatlar faqat ijobiy yo‘nalishda harakat qilmoqda.