TOShKENT, 9 dek — Sputnik. “Ukraina Rossiyadan olgan 3 mlrd dollar qarzini qaytarmaydi. Chunki ular – tovlamachi!”, —deb ta’kidlamoqda Medvedev. Shuningdek, Bosh vazir, Ukraina Qrim yarimoroliga elektrquvvatini yetkazib berishni to‘xtatishini – to‘ng‘izlik, Ukrainaning qarzi yuzasidan Xalqaro valyuta fondi chiqargan qarorni – “safsata” deb baholamoqda.
"Ukrainaning qarziga qaytadigan bo‘lsak, albatta, buni shundayligicha qoldirmaymiz. Ish sudda ko‘rib chiqilishiga, Ukraina Rossiya oldidagi qarzini to‘lay olmasa, o‘zini defolt deb e’lon qilishiga erishamiz", — ta’kidladi Medvedev.
Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Rossiya rahbariyati shu kunlarda Ukraina qarzi bo‘yicha Xalqaro valyuta fondi chiqargan qaror sabablari va bundan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni chuqur tahlil qilayotganini ma’lum qildi.