2016-yilda Rossiyaning 10 foiz banklari litsenziyadan mahrum qilinadi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishOAJ "Sberbank" raisi, prezidenti German Gref
OAJ Sberbank raisi, prezidenti German Gref - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2016-yilda Rossiyaning 10 foizga yaqin banklari o‘z litsenziyalaridan mahrum bo‘ladilar, deydi eng yirik Rossiya banklaridan birining rahbari German Gref.

TOShKENT, 9 dek — Sputnik. 2016-yilda 10 foizga yaqin Rossiya banklari litsenziyadan mahrum qilinadi, deb hisoblaydi eng yirik Rossiya banklaridan birining rahbari German Gref.

"Bizning hisobimizga ko‘ra, banklarning yana 10 foizi kelgusi yilda o‘z litsenziyasini oldirib qo‘yadi”, dedi “Sberbank” rahbari Federatsiya Yig‘ini majlisida chiqish qilar ekan.

Qonunchilikda belgilangan talablarga bo‘ysunmaslik, o‘ta qaltis kredit siyosatini amalga oshirish yoki shubhali tranzit operatsiyalarini jalb qilish kabi harakatlar uchun tartibga soluvchi organlar bank va boshqa kredit uyushmalarini litseziyasidan mahrum qilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0