Keniyada mashhur sherlarni zaharlashdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishSher.
Sher. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga qaraganda, sherlar issiqqonli hayvonlar uchun o‘ta xavfli bo‘lgan – karbofuran pestitsid moddasi bilan zaharlangan.

 

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Keniya janubi-g‘arbida joylashgan Masai-Mara qo‘riqxonasida sakkizta sher pestitsid karbofuran moddasi bilan zaharlandi. Gap bir necha yillardan buyon Bi-bi-si telekanalida hayot tarzi to‘liq yoritib kelinayotgan jonivorlar haqida bormoqda.

Zaharlanishning ilk belgilari dushanba kuni kechqurun ma’lum bo‘lgan. Bu vaqtga kelib, sherlar deyarli harakatdan qolib, ularning nafas olishi jarayoni o‘ta og‘irlashgan. Qo‘riqxona rahbariyati shu zahotiyoq Narok shahri hukumati, Devid Sheldrik nomidagi xayriya tashkiloti (KWS) hamda Keniya jonli tabiat xizmati bilan bog‘langan.

KWS veterinari sherlar haqiqatdan ham zaharlanganini tasdiqladi. Ma’lum bo‘lishicha sherlarni issiqqonli jonivorlar uchun nihoyatda zararli bo‘lgan karbofuran moddasi bilan zaharlashgan.

Hujjatli filmning eng mashhur qahramoni, 17 yashar urg‘ochi sher, dushanba kuni o‘lgan. Qutqaruvchilar guruhi yana uchta sherni qidirish bilan band. Qolgan jonivorlarning ahvoli ham nihoyatda ayanchli.

KWS vakillari gumondor uch shaxs hibsga olinganligi haqidagi ma’lumotni tasdiqladilar. Bordiyu, ularning aybi isbotlansa, qirilish yoqasida turgan jonivorlarning hayotiga su’iqasd uyushtirishgani uchun ikki ming dollargacha jarima to‘lashlari yoki umrbod qamoq jazosiga mahkum etilishlari mumkin.

Gumondorlarning shaxsi va ularni bunday hatti-harakatga undagan sabablarlar hozircha noma’lum.

 

Yangiliklar lentasi
0