TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Yaponiya hukumati Ginovan shahridagi Futemma Amerika harbiy bazasi o‘rnida Disneylendga o‘xshash attraksionlar parkini ochish tashabbusi bilan chiqmoqda. “Buyruq shahar ma’muriyatidan kelib tushdi”, dedi Tokioda o‘tgan matbuot-anjumanda Vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga.
Bugunda mavjud rejaga muvofiq, AQSh harbiy bazasi 2019-yilning fevral oyiga kelib yopilishi lozim. Bu uchun bazani boshqa joyga ko‘chirish talab etiladi.
Yosixide Suga shahar meri Atsusi Sakimoyon bilan uchrashuvda hukumat tashabbusini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va merni Oriental Land Co. Ltd. kompaniyasi rahbari bilan tanishtirdi. Kompaniya Disney Company litsenziyasiga ega bo‘lib, Tokiodagi Disneylend, hamda Tokyo Disney Sea parklari boshqaruvi uchun javob beradi.