Turkiya bosh vaziri: “Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritilishi mumkin”

© Sputnik / Sergey Kuznetsov / Mediabankka o‘tishTurkiya Tashqi ishlar vaziri Axmad Dovuto‘g‘li
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Axmad Dovuto‘g‘li - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Rossiya bilan o‘zaro munosabatlardagi inqirozni yengib o‘tishga umid bog‘laymiz, - deb ta’kidladi Turkiya bosh vaziri Axmad Dovuto‘g‘li. -Agar Turkiya shuni lozim topsa, Rossiyaga qarshi sanksiyalar, albatta, kiritiladi”, qo‘shimcha qildi u.

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Turkiya bosh vaziri Axmad Dovuto‘g‘li “Adolat va rivojlanish partiyasi” majlisida so‘zga chiqib, mamlakat, agar shuni lozim topsa, Rossiya tomonidan kiritilgan sanksiyalarga qarshi javob sanksiyalarini kiritishi mumkinligini ta’kidladi. “Ammo umid qilamizki, bunday bo‘lishgacha bormaydi”, dedi u.

"Hozirda qo‘llanilayotgan qarshi choralar bilan Turkiyadek davlatga muammo keltirsa bo‘ladi, deyilishi, katta anglashilmovchilik. Agar shuni lozim topsak, javoban o‘z sanksiyalarimizni e’lon qilamiz. Va bu haqda bo‘lib o‘tgan kengashda gapirildi ham. Ammo, Rossiya bilan munosabatlardagi inqirozni yengib o‘tishga ishonamiz. Umid qilamizki, qarshi choralar qo‘llashga hojat qolmaydi”, —ta’kidladi Dovuto‘g‘li.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya qiruvchi raketasi Suriyada Rossiyaga qarashli Su-24 bombardimonchi samolyotini urib tushirishi oqibatida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga sovuqchilik tushgan edi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya qo‘llagan tajovuzkorlik aktini “orqadan sanchilgan pichoq” deb atab, milliy xavfsizlikni ta’minlash hamda Turkiyaga qarshi maxsus iqtisodiy choralarni qo‘llash haqidagi Farmonga imzo chekkan edi.

Yangiliklar lentasi
0