Minskdagi "ALL" savdo markazida belorus qutbchilari tomonidan tashkil qilingan Belorussiyadagi birinchi “muzli xona”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Xona maydoni 24 kvadrat metrni tashkil qiladi.
Ushbu muzli xonani qutb kengliklari darvozasi deb hisoblash mumkin. Muzli xonadagi Qor boboning ertaklarda bayon etilgan sehrli koshonasi va undagi jihoz-anjomlar to‘liq muzdan yaratilgan. Muzdan yasalgan sehrli chana, taxt, divan va kaminlar jilosi tomoshabinlarni hayratga solishi shubhasiz.
Muzdan yasalgan ayrim shakllarning og‘irligi bir necha tonnagacha yetib borgan. Xona temperaturasi: minus 10—15 gradusni tashkil qiladi.
Yangi yilga yaqin bu yerda Qor boboning paydo bo‘lishi kutilmoqda. U elflar davrasida o‘zining qorli koshonasiga tantana kunlari tashrif buyuradigan mehmonlarni kutib oladi. Kichik tomoshabinlar esa sehrli sandiqchaga joylashtirilgan muzqaymoqlar bilan siylanadilar.
Muzli xonadagi shirinliklar solingan sandiqcha, bolajonlar uchun sovg‘aning bir qismi, xolos. Kichkintoylar bu yerda shuningdek, Qorboboga maktub yozib qoldirishlari mumkin.