"Mona Liza" ostki qatlamida yana bir yashirin portret topildi

© Sputnik / Sergey Kuznetsov / Mediabankka o‘tish"Geniy da Vinchi" ko‘rgazmasidan surat
Geniy da Vinchi ko‘rgazmasidan surat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
San’atshunoslar endilikda bo‘yoqlar qatlami ostida nima yashiringanini aniq tahlil qila oladilar. Ular “Mona Liza” tasvirining ostki qatlamiga infraqizil va multi spektrli skanerlar yordamida nazar tashlash imkoniga ega bo‘ldilar.

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Fransuz olimi Paskal Kott Leonardo da Vinchining eng mashhur "Mona Liza" ("Jokonda") asari tubida yana bir yashirin portretni aniqladi. Yashirin suratda sirli tabassum va nigohdan asar ham yo‘q.

Paskal Kott noyob fotokamera yordamida asarni o‘rganib, olgan ma’lumotlarni o‘rganish uchun 10-yildan ziyod vaqt sarfladi.

Olim tomonidan o‘tkazilgan rekonstruksiya ishlari natijasida boshqa bir surat tiklandi. Unda model nigohi yon tomonga qaratilgan va u 5 asrdan beri san’at ishtiyoqmandlariga tinchlik bermay kelayotgan, barchani rom aylagan sirli tabassum va nigoh sohibasi emas.

So‘nggi 50-yil mobaynida, "Mona Liza" ustida turli ilmiy tajribalar o‘tkazildi. Eng so‘nggi tajribalarda hatto infraqizil va multispektral skanerlashdan foydalanildi. Paskal Kott ta’kidiga ko‘ra, u foydalangan apparatura asarni yanada chuqur o‘rganishga yordam beradi.

"Biz endilikda bo‘yoq qatlamlarida nimalar ro‘y berayotganini aniq tahlil qila olamiz. Qatlamlarni ostiga "nazar tashlash" natijasida, asar yaratilishi xronologiyasini tiklashimiz mumkin”, — deydi fransiyalik san’atshunos.

Ammo Paskal Kott bildirayotgan xulosalar hamma olimlarga ham xush yoqayotgani yo‘q. Kimlardir, san’atshunos yangiligi “asr voqeasi” bo‘lganini e’tirof etib, mashhur “Jokonda” bilan endi vidolashishga to‘g‘ri kelishi aytishayotgan bo‘lsa, kimlardir “Mona Liza” hamisha “Mona Liza”ligicha qolishini ta’kidlashmoqda.

Yangiliklar lentasi
0