Pamela Anderson Rossiya prezidenti bilan uchrashishga umid bog‘layapti

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishAktrisa Pamela Anderson ishtirokidagi matbuot-anjumani
Aktrisa Pamela Anderson ishtirokidagi matbuot-anjumani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikalik aktrisa, fotomodel va jonivorlarning ashaddiy himoyachisi dushanba kuni Kremlga tashrif buyurdi.

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Amerika aktrisasi Pamela Andersonga Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish nasib qilmadi. Ammo aktrisa qayg‘urgani yo‘q. U uchrashuv keyinchalik nasib etishiga umid bog‘lamoqda. “Rossiya prezidenti men bilan kinoyulduz sifatida emas, jamoat arbobi qatorida uchrashishini xohlar edim”, dedi Anderson.

Aytgancha, IFAW jonivorlarni himoya qilish xalqaro fondi yig‘ini a’zosi Pamela Anderson to‘rt yoshli uzoqsharq qoplonini o‘z qaramog‘iga olgan, va unga hatto “Pamela” deb laqab qo‘ygan.

Rossiya prezidenti ma’muriyati rahbari Sergey Ivanov, dushanba kuni Kremlda Pamela Anderson bilan uchrashib, aktrisaga rossiyalik mutaxassislar tomonidan “Leo-38F” deb kodlangan uzoqsharq qoploni himoyachisi sertifikatini taqdim etdi. Hujjatga aktrisa qaramog‘idagi qoplonning fotosurati ham ilova qilindi. “Leo-38F “Qoplon zamini” deb nomlanuvchi Xitoy chegarasida joylashgan milliy bog‘da yashaydi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, o‘z urug‘doshlaridan farqli o‘laroq, bu urg‘ochi qoplon “fotoqopqon”lar obyektiviga tez-tez tushib turadi. Fotosuratlarga qaraganda, u haddan ziyod faol va kameralar obyektivini juda yoqtiradi.

"Albatta, Rossiya dunyo bo‘yicha jonivorlar himoyasida bunday keyin ham faol ishtirok etadi. Ammo bu borada ko‘p narsa bizga bog‘liq emas. Shunday bo‘lsada, sizning yetakchi rolni o‘ynashga chaqiruvlaringiz bizgacha yetib keldi", — deb murojaat qildi Ivanov Andersonga.

"Umuman olganda, so‘ngi paytlarda, Rossiya birgina tabiat muhofazasida yetakchi rolni o‘ynashga harakat qilayotgani yo‘q. Ammo ushbu sohada ham yetakchilik qilishga urinib ko‘ramiz, sababi, Rossiya — xilma-xil tabiatga ega ulkan malakatdir", — ta’kidladi Ivanov.

Pamela Anderson, shuningdek, Amerikaning erkaklar uchun chop etiladigan nashri “Playboy”da so‘nggi bor suratga tushganini aytdi. Keyingi sondan boshlab, jurnal formati o‘zgarishi kutilmoqda. Unda endilikda ayollarning to‘liq yalang‘och holatdagi suratlari chop etilmaydi.  

Kanadada tavallud topgan Anderson mashhur jurnal muqovasida 22 yoshida, 1989-yilda ilk marotaba ko‘rinish bergan. Uning fotosuratlari “Playboy” muqovasida o‘n uch marotaba nashr qilingan. Bu esa rekord ko‘rsatkichni tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0