Toshkent – Termez yo‘lini rekonstruksiya qilish 2016-yilda tugatiladi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishYo‘l qurilish texnikasi
Yo‘l qurilish texnikasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu magistralning 100 kmli bo‘lagi 2 qatordan 4 qatorga kengaytiriladi, 30dan ziyod ko‘prik qayta quriladi.

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Ozarbayjonning Akkord Industry korxonasi kelasi yilda Toshkent — Termez yo‘lini qayta qurishni yakunlaydi, deyishdi respublika Yo‘l fondida.

Uning so‘zlariga qaraganda,  loyha doirasida yo‘lning 100 kmli bo‘lagi ikki qatorlidan to‘rt qatorli harakatga o‘tkaziladi, 36 ko‘prik qayta quriladi.

“Ushbu yo‘l O‘zbekistondan orqali Qozig‘istonga o‘tuvchi asosiy yo‘llardan biridir. Undan tashqari u hududni Afg‘onistonning shimoliy hududi bilan bog‘laydi. Shuning uchun ham, uni ta’mirlash, yo‘l qoplamasini yangilash va og‘ir yuk transportiga moslashtirish juda zarur masala”, — dedi u.

Loyhaning umumiy narxi 243 million dollarni tashkil qiladi. Undan 167,2 millionini Islom taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan, qolgan 76 millioni – O‘zbekiston hukumati tomonidan.

O‘tkazilgan tenderda Ozarbayjon kompaniyasi yo‘lning quyidagi uch bo‘lagini: 1330-1395km, 1400-1410, 1426 —1451 kilometrlarini ta’mirlash huquqini kiritdi.

Hozirgi kunda Ozarbayjonliklar  yo‘lninsh 75 km li bo‘lagini va 13 ko‘prikni ta’mirlashni tugatdilar. Qolgan bo‘laklarda ta’mirlash ishlari 80-90 %ga yakunlangan. Loyha 2016-yil iyulgacha tugatilishi kutilmoqda.

Kelajakda O‘zbekistonda 512,9 km avtomobil yo‘llari qurish rejalashtirilgan. Ushbu maqsadga 1,38 trillion so‘m (500 mln dollar) davlat mablag‘i ajratilgan va 178,1 million xalqaro moliya institutlari mablag‘lar jalb qilingan.

 

Yangiliklar lentasi
0