TOShKENT, 8 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevga Kaspiy dengizida neft platformasida sodir bo‘lgan yong‘in munosobati bilan hamdardlik bildirdi, prezident matbuot xizmati xabari asosida.
Yong‘in oqibatida 32 kishi qurbon bo‘ldi. Ozarbayjon Neftchilar huquqini saqlash tashkiloti rahbari Mirvari Gaxramanlining so‘zlariga qaraganda, 42 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lingan.
“Kaspiy dengizida neft-qazib olish platformasida yuz bergan yong‘in munosobati bilan, bizning eng samimiy hamdardligimizni qabul qiling”, — dedi Islom Karimov.
O‘zbekiston rahbari qurbon bo‘lganlarning yaqin qarindoshlariga ham hamdardlik so‘zarini yetkizishni so‘radi.