“Amnesty International” DAISh qurol-aslahani kimdan olishini oshkor qildi

Obuna bo‘lish
“Amnesty International” huquqni muhofaza qilish jamiyati bayonnomasiga ko‘ra, DAISh ega qurol-yarog‘ning aksariyat qismi Iroq armiyasidan tortib olingan.

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Amnesty International” huquqni muhofaza qilish jamiyati bayonnomasida, DAISh jangarilari  qurol-yarog‘ning aksariyat qismini Iroq armiyasidan tortib olishgani ma’lum qilindi. “So‘nggi o‘n yillikda Iroqqa olib kirilayotgan qurol-aslahalar nazorat ostiga olinmayotgani DAISh(ID faoliyati Rossiyada ta’qiqlangan terrorchilik guruhi)ga juda qo‘l kelmoqda”, deydi ekspert. Tortib olingan qurol-aslahalar yigirmadan ortiq mamlakatlarda ishlab chiqarilgan. Bular: Xitoy, Rossiya, AQSh va YeH tarkibiga kiruvchi boshqa davlatlardir. Jangarilar 25 davlatda ishlab chiqarilgan qurol-aslaha va formali kiyim kechaklardan foydalanadilar.

O‘zini DAISh deb ataguvchi terrorchilik guruhi tomonidan qo‘llanilayotgan qurol-yarog‘ning xilma-xilligi — o‘ylamay qilinayotgan ish — qurol savdosining yirik ko‘lamdagi shafqatsizlikka sabab bo‘layotganini ko‘rsatib bermoqda", — o‘z so‘zida davom etadi tadqiqotchi Patrik Uilken.

DAISh radikal guruhi faoliyati tufayli Iroqda notinch holat saqlanib qolmoqda. So‘nggi uch yil davomida terrorchilar Iroq va Suriyaning kattagina qismini bosib olishga ulgurdilar. DAIShga qarshi kurashuvchi birlashgan front mavjud emas. DAIShga qarshi Suriya va Iroq hukumati jangchilari, AQSh boshchiligidagi xalqaro ittifoqchilar (ular ham faqat havo hujumi bilan cheklanmoqda), shuningdek, Kurd muxtor mintaqasi, Livan va Iroq ko‘ngilli askarlari kurashmoqdalar.

 

Yangiliklar lentasi
0