Kundalik turmushni avtotransport vositalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Avtomobillar uzog‘imizni yaqin, og‘irimizni yengil qiladigan eng maqbul ko‘makchiga aylanib ulgurdi.
Xususan, Namangan viloyatida ham avtotransport xizmatlari faoliyatini tartibga solish, ular tomonidan yo‘lovchilar tashish sifati va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada aholiga transport xizmat ko‘rsatish sifati keskin yaxshilanib bormoqda. Viloyat hokimining 2015-yil 25-noyabrdagi “Viloyatda umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini yo‘nalishli avtobus va mikroavtobuslarda imtiyozli va bepul tashishni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ham barchani mamnun etdi.
Ayni kunlarda Qo‘qon shahrida 10 ta yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgan korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 250 dan ziyod zamonaviy avtobuslar bor.
— 8-dekabr Konstitutsiyamizning 23-yilligi bayramida hamshaharlarimiz quvonchlariga sherik bo‘lganimizdan xursandmiz, —deydi “Invest trans” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Baxtiyor Raupov. –Jamiyatimizning 50 ta avtobuslari bayram kuni aholiga bepul transport xizmati ko‘rsatishdi.