TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Rossiya poytaxti markazida ro‘y bergan portlash natijasida 4 kishi jarohatlandi, ulardan uchtasi kasalxonaga yotqizildi, Moskva sog‘liqni saqlash bo‘linmasi xabariga asosan.
Portlash yuz bergan joyda portlashlar tabiatini o‘rganuvchi mutaxassisilar ishlamoqda. Dastlabki xabarlarga ko‘ra portlash sababi bezorilar tomonidan mashina oynasidan yoki qavatli binodan tashlangan portlovchi paket bo‘lgan.
“Jarohatlanganlarning uchtasi Sklifosovskiy nomli kasalxonaga yotqizilgan”, Moskva sog‘liqni saqlash departamenti xabariga ko‘ra.
Ushbu hodisa yuzasidan JKning “Bezorilik” bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi, jinoyatchilarni qo‘lga olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.