Terrorchilar Alleponi raketalardan o‘qqa tutishdi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishSuriyaning Allepo shahri
Suriyaning Allepo shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Guvohlar aytishiga qaraganda, raketalardan biri Al-Muxofaza dahasida, Rossiya konsulligi yaqinida portlagan.

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Terrorchilar Suriya shimolidagi Allepo shahrini raketalar yordamida o‘qqa tutdi, deb xabar berdi guvoh.

“Raketalardan biri Al-Muxofaza dahasida, sobiq Rossiya konsulligi binosi yaqinida portladi. Tinch aholidan uch kishi qurbon bo‘ldi, besh kishi jarohatlandi”,- dedi voqea guvohlaridan biri.

AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya, BMT Xavfsizlik Kengashi qoidalariga xilof ravishda,  Suriya hududida joylashgan ID pozitsiyalariga 2014-yilning sentabridan beri zarba berib kelmoqda.

Ushbu yilning 30-sentabridan boshlar, Rossiya Suriya prezidenti Bashar Asadning murojaatiga binoan, DAISh (ID) pozitsiyalariga zarba berib kelmoqda.

Hozirgi kunda Rossiya prezidenti Vladimir Putin aviazarbalarini Fransiya hukumati bilan muvofiqlashtishni topshirgan.

2 dekabrdan boshlab Buyuk Britaniya, parlament ruxsati bilan, AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaga qo‘shilib DAISh (ID) ga zarba bermoqda.

Yangiliklar lentasi
0