GFR vitse-kansleri: “Rossiya bilan munosabatlar iliqlashuvi tarafdoriman”

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishGermaniya vitse-kansleri, iqtisod va energetika vaziri, Zigmar Gabriel
Germaniya vitse-kansleri, iqtisod va energetika vaziri, Zigmar Gabriel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir oz avval GFR Tashqi ishlar rahbari Frank-Valter Shtaynmayer Rossiyada “katta sakkizlik”ka qaytish imkoniyati borligini ta’kidladi. Bu uchun Rossiya ma’lum shartlarni bajarmog‘i lozim.

 

MOSKVA, 6 dek — Sputnik. Iqtisod va energetika vaziri, GFR vitse-kansleri Zigmar Gabriel Rossiya bilan o‘zaro munosabatlar iliqlashuvini qo‘llab-quvvatlashi haqida gapirdi.

"Rossiya va GFR munosabatlari o‘rtasidagi “muzlik” davri tugashi tarafdoriman", — ta’kidladi siyosatchi.

Gabriel shuningdek, Rossiyani “katta sakkizlik” (G8)ka kiruvchi mamlakatlar ro‘yxatidan chiqarib yuborish, uzoqni ko‘ra bilmaslik natijasi ekanini qo‘shimcha qildi. “Albatta, Rossiya, birinchi o‘rinda, ukrainadagi inqirozni bartaraf etish yo‘lida, “Minsk shartnomasi”ga amal qilmog‘i kerak. Putindan mojaroni hal qilishni so‘rab turib, bir paytning o‘zida, Rossiyani “G8”dan chiqarib yuborishdan maqsad neligini tushunmayman", – deb ta’kidladi siyosatchi.

GFR Tashqi ishlar rahbari Frank-Valter Shtaynmayer bir oz vaqt avval “Bild am Sonntag” gazetasiga bergan intervyusida “Katta sakkizlik”ka qaytish uchun Rossiyada imkoniyat bor ekanligini ta’kidladi. Buning uchun Rossiya ma’lum bir shartlarni bajarmog‘i lozim.

Jumladan, Rossiyadan Suriyadagi urushni barham toptirish uchun G‘arb bilan kelishilgan holda hamkorlik qilish, shuningdek, Ukrainadagi ahvolni izga solish talab etilmoqda.

Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi munosabatlarga Ukrainadagi holat tufayli sovuqchilik tushgan edi. 2014-yil iyul oyi oxirida YeH va AQSh alohida jismoniy shaxslar va kompaniyalarga qarshi qaratilgan sanksiyalardan Rossiya iqtisodiyotining butun boshli jabhalarini o‘z ichiga qamrab oluvchi qarshi harakatlarga o‘tdi. Bunga javoban Rossiya o‘ziga nisbatan sanksiya e’lon qilgan mamlakatlardan oziq-ovqat mahsulotlari mamlakat hududiga kiritilishiga cheklov qo‘ydi. 2015-yilning iyun oyida sanksiyalar uzaytirilishiga javoban, Rossiya, oziq- ovqat embargosi muddatini 2016-yil 5-avgustga qadar uzaytirdi.

 

Yangiliklar lentasi
0